Ulti Clocks content
UzbekRussianEnglish

Services

E-mail
Search
ARM

Login form



Links

Counter

mod_vvisit_countermod_vvisit_countermod_vvisit_countermod_vvisit_countermod_vvisit_countermod_vvisit_counter
mod_vvisit_counterToday213
mod_vvisit_counterYesterday563
mod_vvisit_counterThis week2847
mod_vvisit_counterLast week3537
mod_vvisit_counterThis month11340
mod_vvisit_counterLast month10717
mod_vvisit_counterAll385786

Online (20 minut oldin): 5
Sizning IP: 54.234.42.16
,
Bugun: May 25, 2013
Fizika-matematika fakul'tetida 29 may kuni "Ochiq eshiklar kuni" bo'lib o'tadi
Written by Sherzod Karimov   
Tuesday, 14 May 2013 11:24
There are no translations available.

Farg'ona davlat universitetining fizika-matematika fakultetida joriy yilning 29-may kuni "Ochiq eshiklar kuni" bo'lib o'tadi. "Ochiq eshiklar kuni"da Respublika miqyosidagi VI innovatsion go'yalar va ishlanmalar yarmarkasiga olib borilgan yangi ishlanmalarning prezentasiyalari va ochiq ma'ruzalari bo'lib o'tadi. Asosiy ishlanmalar quyidagilardir:

- Quvvati 1,5 kW bo'lgan vetroenergetik qurilma;

 

- Mikro gidroelektrostansiya;

 

- Svetodiod asosidagi energiyatejamkor lampalar  (LED lampalar).

 

- Plenkali termogeneratorlar.

 

BARCHA HОKIMLIKLAR, KОRXОNA, TASHKILОT, MUASSASA RAHBARLARINI VA BARCHA HOHLOVHCI ODDIY FUQAROLARNI

"OCHIQ ESHIKLAR KUNIGA" TAKLIF ETAMIZ.




Quvvati 1,5 kW bo'lgan vetroenergetik qurilma

 

Mikro gidroelektrostansiya


Svetodiod asosidagi energiyatejamkor lampalar (LED lampalar)


Plenkali termogeneratorlar

Last Updated on Wednesday, 15 May 2013 15:12
 
“Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan tadbir
Written by Sherzod Karimov   
Wednesday, 15 May 2013 13:59
There are no translations available.

Joriy yilning 8 may kuni universitet katta majlislar zalida “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayramiga bag‘ishlab “Inson qadri – ulug‘, xotirasi boqiydir” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirga II Jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar, faxriy professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalarning vakillari taklif etildilar. Universitet asosiy binosida fakultetlar tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma namoyish etildi. Bayram tadbirida hozirda universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan, Ikkinchi jahon urushi davrida front ortida xizmat qilgan faxriylar, sobiq baynalminalchi harbiylar hamda 2012-2013 yillarda vafot etgan professor-o‘qituvchilarning oilalari moddiy rag‘batlantirildi. Shundan so‘ng iqtidorli va ijodkor talabalar tarkibidan shakllantirilgan ashula va raqs ansamblining bayram dasturi namoyish etildi. Bayram tadbirlari barcha fakultet va kafedralarda ham o‘tkazildi.

 
"Xotira va qadrlash" kuniga bag‘ishlangan voleybol bo‘yicha turnir natijlari
Written by Sherzod Karimov   
Wednesday, 15 May 2013 13:51
There are no translations available.

Joriy yilning 6 may kuni “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlab universitet xotin-qizlar kengashi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, talabalar kasaba uyushmasi tomonidan filologiya fakultetining sobiq dekan o‘rinbosari E.Jumaeva xotirasiga bag‘ishlab universitet talaba-qizlari o‘rtasida voleybol bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘lgan musobaqalarda tabiiyot-geografiya fakulteti talaba-qizlari 1-o‘rinni, pedagogika fakulteti talaba-qizlari 2-o‘rinni, hamda filologiya fakulteti talaba-qizlari 3-o‘rinni egallab turnir tashkilotchilarining maxsus diplomlari va mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Last Updated on Wednesday, 15 May 2013 13:52
 
“Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining viloyat bosqichi
Written by Sherzod Karimov   
Wednesday, 15 May 2013 12:25
There are no translations available.

Joriy yilning 30 aprel kuni universitet katta majlislar zalida “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda FarDU, FarPI va QDPI talabalaridan tashkil topgan jamoalar tanlov nizomida belgilangan 4 ta shart bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar. Unda talabalarning ijtimoiy-siyosiy ongi, ma’naviy dunyoqarashi, Prezident asarlarini bilish darajasi bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Tanlov yakuniga ko‘ra FarDU jamoasi 1-o‘rinni egallab, hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Last Updated on Wednesday, 15 May 2013 14:03
 
Yo‘l harakati havfsizligiga bag‘ishlangan tadbir
Written by Sherzod Karimov   
Wednesday, 15 May 2013 12:01
There are no translations available.

Joriy yilning 29 aprel kuni Axborot-resurs markazida Farg‘ona viloyati YXXB hodimlari bilan hamkorlikda uchrashuv "Yo‘l harakati havfsizligiga" bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat YHHB boshlig‘i J.Kozimov, YHHB targ‘ibot-tashviqot katta inspektori Sh.G‘oyibnazarov hamda OAV hodimlari ishtirok etgan mazkur tadbirda mamlakatimizda harakat xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbirda professor-o‘qituvchilar va talabalar soha hodimlariga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar. Uchrashuv so‘ngida yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq holatlarni aks ettiruvchi videolavhalar namoyish etildi.

Last Updated on Wednesday, 15 May 2013 12:06
 
“Kitobxonlar bayrami” madaniy-ma’rifiy tanlovining hududiy bosqichi
Written by Sherzod Karimov   
Wednesday, 15 May 2013 11:54
There are no translations available.

Joriy yilning 24 aprel kuni universitet katta majlislar zalida “Kitobxonlar bayrami” madaniy-ma’rifiy tanlovining hududiy II bosqichi bo‘lib o‘tdi. Belgilangan nizomga asosan FarDU, FarPI, QDPI, TATU Farg‘ona filiali, TTA Farg‘ona filiali talabalari tanlovning 5 ta yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etdilar. Hakamlar hay’atining yakuniy hulosalariga ko‘ra, “Kitob tafakkur xazinasi” maqolalar tanlovi bo‘yicha FarDU filologiya fakulteti 1-kurs talabasi Nafisa Rashidova, “Eng faol badiiy asar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha FarDU filologiya fakulteti 3-kurs talabasi Go‘zal Ergasheva, “Yosh ijodkor talaba” nominatsiyasi bo‘yicha QDPI filologiya fakulteti 1-kurs talabasi Umida Hoshimova, “Asarlardan yaralgan navolar” nominatsiyasi bo‘yicha QDPI filologiya fakulteti talabalari Muslima Karimova va Mahliyo Bahodirzoda, “Asarlardan yaralgan sahna asarlari” nominatsiyasi bo‘yicha FarDU talabalar jamoasi g‘olib deb topildi. G‘oliblar tanlovning respublika bosqichida Farg‘ona oliy o‘quv yurtlari sharafini himoya qiladi.

Last Updated on Wednesday, 15 May 2013 11:57
 
“Kelajak ovozi” aksiyasi
Written by Sherzod Karimov   
Wednesday, 15 May 2013 11:45
There are no translations available.

29 aprel kuni universitet hududidagi ochiq sahnada “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslar markazi tomonidan e’lon qilingan tanlovlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan aksiya bo‘lib o‘tdi. “Kelajak ovozi” faollari tomonidan tashkillangan mazkur tadbirda faol talabalarning chiqishlari, ijtimoiy videoroliklar namoyishi hamda turli sahna ko‘rinishlariga keng o‘rin berildi. Aksiyada mingga yaqin talabalar ishtirok etdi.

Last Updated on Wednesday, 15 May 2013 12:08
 
<< Start < Prev 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Next > End >>

Page 1 of 24