Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 521
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 405
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

TARIX VA JASORAT SABOQLARI: TALABA-YOSHLAR 52788-HARBIY QISMNING “SHON-SHARAF” MUZEYIDA

08:45, 09.06.2026      

O‘quv yig‘ini doirasidagi dam olish va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasiga muvofiq talaba-yoshlar 52788-harbiy qism huzurida faoliyat yuritayotgan “Shon-sharaf” muzeyiga tashrif buyurdilar. Mazkur ekskursiya yoshlarning Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va harbiylar jasoratiga ehtirom ruhida tarbiyalanishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Tashrif davomida ishtirokchilar muzeyda jamlangan tarixiy eksponatlar, harbiy qism faoliyati, uning tashkil topish tarixi hamda mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari bilan yaqindan tanishdilar. Muzey mutaxassislari tomonidan har bir eksponat va tarixiy hujjat yuzasidan batafsil ma’lumotlar berilib, harbiylarning fidokorona xizmatlari haqida qiziqarli hikoyalar so‘zlab berildi.

Ayniqsa, muzeyda saqlanayotgan harbiy texnika namunalari, faxriy harbiylarning suratlari, mukofotlari va xizmat faoliyatiga oid materiallar talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Ular yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning sharafli kasbi haqida yanada kengroq tasavvurga ega bo‘ldilar.

Mazkur tashrif nafaqat mazmunli dam olish, balki yoshlarning tarixiy xotirasini boyitish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda ularda yurt taqdiri va kelajagiga daxldorlik hissini kuchaytirishga xizmat qildi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni milliy g‘urur, sadoqat va fidoyilik ruhida tarbiyalash, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda Vatan himoyachilarining mashaqqatli va sharafli xizmatiga hurmat tuyg‘usini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.