
Farg‘ona davlat universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari tobora kengayib, zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish yo‘lida yangi istiqbollarni ochmoqda.
Shu maqsadda Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov hamda harbiy ta’lim fakulteti boshlig‘i, podpolkovnik Alisher Raximov O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Sharqiy harbiy okrug fakultetiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ta’lim jarayonining tashkil etilishi hamda kursantlar uchun mavjud amaliy imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli rejalar muhokama qilinib, ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida fakultetlar o‘rtasida dual ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish va uni zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishildi. Xususan, quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda:

Mazkur hamkorlik talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish, ularni ilg‘or texnologiyalar asosida tayyorlash hamda zamonaviy mehnat bozori va milliy xavfsizlik tizimi talablariga mos yuqori malakali mutaxassislar sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.
Ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar integratsiyasiga asoslangan ushbu hamkorlik nafaqat ikki oliygoh, balki mamlakatimizda harbiy va fuqarolik ta’limi o‘rtasidagi uzviy aloqalarni mustahkamlash, yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
FarDU va Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti o‘rtasidagi mazkur hamkorlik kelajakda yangi loyihalar, innovatsion tashabbuslar va yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‘lidagi samarali qadamlarning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qiladi.