Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 483
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 374
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

“TALABA OQSHOMI”

17:06, 31.05.2023      

Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bugungi kunda sifatli ta’lim berish bilan birga yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o'tkazish maqsadida Farg'ona davlat universitetida "Talaba oqshomi" musiqiy tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirda talabalar turar joylarida yashovchi talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Talabalar tomonidan raqs, turli kuy-qo'shiqlar va qiziqarli sahna ko'rinishlari ijro etildi.

Ko'tarinki ruhda o'tgan ushbu tadbir yoshlar o'rtasida mehr-oqibat, birdamlik, ahillikni kuchaytirish, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg'ularini oshirishga xizmat qiladi.