Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

O'qituvchilar va murabbiylar kuni

14:42, 03.10.2023      


Kuni kecha O‘qituvchi va murabbiylar kasb bayrami munosabati bilan Farg‘ona shahridagi "Afrosiyob" tantanalar majmuasida viloyat hokimligi tomonidan tadbir tashkil etildi.

Ushbu tadbirda ishtirok etayotgan barcha ta’limmuassasalarining fidoiy va ilg‘or ustoz-murabbiylari safida viloyat hokimi Xayrullo Bozarov tomonidan faoliyatimiz e’tirof etilgani - Farg‘ona davlat universiteti jamoasi uchun yuksak e’tiborning ifodasi bo‘ldi.

Biz- ziyo ahli o‘z mehnatimiz va yurakdagi Vatanga bo‘lgan kuchli sadoqatimiz bilan "Yangi O‘zbekiston" taraqqiyotiga hissa qo‘shayotganimizdan, uning poydevori bo‘lmish yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiya qilayotganimizdan faxrlanamiz!

Zero, Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganidek, "Muallimning obro‘-e’tibori – bu avvalo millatning, butun xalqning obro‘-e’tiboridir."

Hurmat va e’tibor uchun tashakkur bildirib, ehtirom bilan,

Bahodirjon ShЕRMUHAMMADOV,

Farg‘ona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor