Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

Rektor bilan muloqot

15:38, 24.10.2023      

Talaba-yoshlar bilan uchrashuv olib borayotgan FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov tomonidan Fizika-texnika fakultetida muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda ichki tartib-intizom, o'quv jarayonlarida faollik, odob-axloq, o'zaro hurmat, ijtimoiy tarmoqdan foydalanish madaniyati kabi masalalar kun tartibida bo'ldi.

Muloqot avvalida maqsadsizlik, jinoyatchilik, diniy aqidaparastlik, missionerlik, "ommaviy madaniyat", mahalliychilik, korrupsiya kabi illatlar oqibatlari talabalarga batafsil tushuntirib o'tildi.

"Har bir talabaning o'z oldiga qo'ygan maqsad va rejalari bo'lishi kerak. Bu esa komillikka eltuvchi manzilga qo'yilgan qadamingiz bo'ladi." deya ta'kidladi rektor yoshlarga.

Suhbatda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati, ta'lim islohotlari, xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar alohida e'tirof etildi.

Muloqot so'ngida talabalarning taklif-mulohazalari va muammolari tinglandi.