Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

Men chizgan surat

16:22, 24.10.2023      



FarDUda San'atshunoslik fakultetining Tasviriy san'at yo'nalishi talabalari tomonidan "Men chizgan surat" deb nomlangan rasmlar ko'rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada talabalar o‘zlari chizgan ajoyib ijod namunalari bilan qatnashdilar. Rassomchilik san’ati oddiy mo‘yqalam va rangtasvir yordamida mo‘jizalar yaratish san’atidir. Bir parcha matoga dunyoni jo qilgan bo‘lajak rassomlarimizning faoliyatlari tahsinga loyiq. Xalq madaniy merosining bir qismi bo‘lgan bu san’atni o‘rganish va rivojlantirish bugungi soha vakillarining muqaddas burchidir. Ko‘rgazma insonlarga katta ma’naviy ozuqa berdi va qatnashuvchilar estetik zavq oldilar.