Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 460
  • Ko`rib chiqilganlar 427
    • Takliflar 59
    • Arizalar 358
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

"FarDU" pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi

11:21, 09.12.2023      


Universitetimizning “FarDU” jamoasi guruhda birinchi o'rinni egallagan holda navbatdagi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Farg'ona davlat universitetining "FarDU" futbol klubi Surxondaryo viloyatida futbol bo'yicha "Birinchi ligaga o'tish turniri"da ishtirok etmoqda. Bugun mazkur musobaqada 3-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Tur doirasida Sergey Lebedev bosh murabbiyligidagi "FarDU" jamoamiz guruhdagi asosiy raqib hisoblangan "Jarqo'rg'on" klubiga to'qnash kelishdi va 2:2 hisobida jangovor durang natija qayd etdilar. Jamoamiz safida gollarga Otabek Zokirov va Riza Ayvazovlar mualliflik qilishdi.

Ushbu natijadan so'ng jami 7 ochko jamg'argan vakillarimiz guruhda 1-o'rinni egallagan holda pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Universitetimiz jamoasiga navbatdagi bosqich uchrashuvlarida ham omad va zafarlar yor bo'lsin!