Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

FarDU talabalari taqdirlandi

15:26, 14.02.2024      


Farg‘ona davlat universitetida iqtidorli talabalarni qobiliyatini rivojlantirish maqsadida qo‘llab – quvvatlash, turli tadbirlarga yo‘naltirish yuzasidan qatar tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Kuni kecha Agrar qoʻshma fakultetining 3-bosqish talabalari - Fayzullo Sayramov, Sherzodbek Yoʻlchiyev, Muhammaddiyor Xatamovlar Mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH) mamlakatlari miqyosida bo'lib o'tgan "Yangi O'zbekistonda kasb-hunar ta'limi: yoshlarni tog'ri kasb tanlashga yo'naltirish, ta'lim tizimini rivojlantirish, ilm fan va sifatli ta'lim" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik tanlovida ilmiy maqolalari bilan ishtirok etib,"Eng yaxshi xizmatlari uchun" ko'krak nishoni, sertifikat va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi. Talabalarning bunday yutuqlarga erishishlarida ularga ta’lim – tarbiya bergan ustozlarning xizmati beqiyosdir.