Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 541 YILLIGI

03:16, 16.02.2024      

Buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan Farg‘ona davlat universitetining turli fakultetlarida ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda. Kuni kecha Iqtisodiyot fakultetida buyuk shoh va shoir mavzusida badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirda buyuk mutafakkirning hayotiga oid sahna ko‘rinishi, shoh g‘azallariga bastalangan kuy va qo‘shiqlar yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi.

Tarix fakultetida ham talabalar ishtirokida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan "Bobur kabi seving Vatanni" deb nomlangan badiiy kecha o'tkazildi. Tadbirda iqtidorli talabalar tomonidan Bobur qalamiga mansub qo'shiq, ruboiy va g'azallar yuqori mahorat bilan ijro etildi.

Chet tillari fakulteti talabalari ishtirokida shoir, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburga bag‘ishlangan "Bobur kabi seving Vatanni" mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi.