Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

FarDUda "San'at haftaligi"

14:46, 04.04.2024      

San’at insonlar orasidagi ma’naviy ko‘prik, muloqot vositasi bo‘lib, odamlarning badiiy-estetik didini tarbiyalaydi, San’at jamiyat ma’naviy hayotining boshqa hodisalari (fan, mafkura, axloq) ma’lum darajada bog‘liqdir. Inson san’atdan estetik zavq, bitmas-tuganmas ijodiy kuch-qudrat oladi va shu ma’noda san’at ma’naviy yuksalishning eng ta’sirchan quroliga aylanadi, biroq eng ahamiyatli jihati shundaki, u inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Talaba-yoshlarni san’atga oshno etish maqsadida universitet miqyosida o'tkazilayotgan "San'at haftaligi" doirasida Sirtqi ta'lim bo'limida Musiqa ta'limi yo'nalishi talabalari ishtirokida ko'ngilochar musiqiy tadbir o'tkazildi.

Shuningdek, Agrar qo‘shma fakultetida "San'at haftaligi" doirasida o‘tkaziladigan chora- tadbirlar ijrosi doirasida San‘atshunoslik fakulteti bilan hamkorlikda "TASVIRIY SAN'AT KO‘RGAZMASI" tashkil etildi.

“San’at haftaligi” doirasida Fizika-texnika va Matematika-informatika fakulteti talaba-yoshlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “Shuhrat” medali sohibi, shoir Bahodir Iso bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Oliygoh bo‘ylab “San’at haftaligi” tadbirlari davom etmoqda.