Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

San'atshunoslik fakultetida press-tur

09:35, 03.05.2024      


Bugun San'atshunoslik fakultetida press-tur bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda hududiy OAV vakillari, jurnalistlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Dastlab fakultet faoliyati bilan tanishuv jarayoni o’tkazildi. Bunda yoshlarga milliy san'atimiz ilmini o'rgatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, amaliyot, o'quv jarayoni, jamoada erishilgan yutuqlar, kelgusi rejalar ishtirokchilar e’tiborida bo’ldi. O’zaro muloqotlar davomida ommaviy axborot vositalari vakillari savollariga fakultet dekani – Ilyosjon Siddiqov batafsil javoblar berib bordi. Bunda mehmonlar xalqimizning suyukli va taniqli farzandlari Munojotxon Yo'lchiyeva, Akmal Nur, Sultonali Mannopov kabi san'atkorlar uchun ajratilgan xonalar, bo'lajak maqomchilar, yosh san'atkorlar ijrosi, ijodiy mashg'ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar, kulolchilik ustaxonasi, ijodkorlik bilan yaratilgan sopol mahsulotlari bilan yaqindan tanishdilar.