Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

REKTOR SHERMUHAMMADOV YOSH SPORTCHI TALABALAR DAVRASIDA

09:49, 22.05.2024      


Ma'lumki, joriy o‘quv yilidan oliy ta’lim muassasalari "Talabalar ligasi" sport musobaqalari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan edi. Universitetimizda ham mazkur musobaqaning fakultet va universitet bosqichlari yuqori saviyada o‘tkazilib, terma jamoalar shakllantirildi. Ushbu musobaqaning Respublika bosqichi joriy yilning 24-28-may kunlari Namangan, Navoiy va Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Universitet jamoasi ham Respublika bosqichida munosib ishtirok etish maqsadida tajribali murabbiylar qo‘l ostida puxta tayyorgarlik ko‘rdi. Bugun universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov jamoalar bilan uchrashib, sportchi yoshlarga zafarlar tiladi va hamisha ularning intilishlarini qo'llab-quvvatlashini bildirdi.