Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​REKTOR VA TALABALAR UCHRASHUVI

10:12, 18.09.2024      

FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov bugun Chet tillari fakulteti talaba-yoshlari bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda rahbar yoshlar bilan erkin muloqot olib borib, ularning dunyoqarashlari, bilimi, kelajakdagi maqsadlari bilan qiziqdi. Uchrashuv davomida yoshlar tarbiyasi, oliygohdagi tartib-intizom, talabalar oldida turgan insoniy burch va vazifalar, axborot olish va uzatish, internet, ijtimoiy tarmoqdan foydalanish madaniyati xususida so'z bordi. Rektor o'z so'zida universitetni ota-ona kabi e'zozlab, bir oila kabi birlashishni, har bir talaba ortida oilasi, mahallasi sha'ni turganligini uqtirdi.

"Bilaman, maqsadingiz baland, ko'zlaringiz yonib turibdi, bu shijoat sizlarni hali katta marralar sari yetaklaydi, biz bu yo'lda hamisha sizlarni qo'llab boramiz, - dedi oliygoh rahbari talabalarga.

Yoshlar suhbat jarayonida rektordan zarur tavsiyalar, savollariga batafsil javoblar oldilar.