Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​Talabalarimiz taqdirlandilar!

08:29, 19.09.2024      

Farg‘ona viloyati Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyida "Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov" nomidagi yosh ijrochilar respublika tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Axmedov, Farg'ona viloyati hokimining o'rinbosari Xurshid Axmedov va O'zbekiston hamda Qoraqalpog'iston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov ochib berdilar. "Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov" nomidagi yosh ijrochilar respublika tanlovining g‘oliblari munosib taqdirlandilar. G'oliblar orasida Farg'ona davlat universitetining Pedagogika-psixologiya va San'atshunoslik fakulteti talabalari borligi oliygoh ahlini quvontirdi.