Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 460
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 358
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​FarDU Nuroniylar kengashi xabar qiladi!

09:53, 25.09.2024      

Bugun Farg‘ona davlat universitetining Nuroniylar kengashi a’zolari tomonidan Talabalar turar joylarida "Yangi O‘zbekiston shukuhi" mavzusida turkum suhbatlar tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida nuroniylar yosh avlodga mamlakatning bugungi kundagi rivoji, yangi O‘zbekistonning ulug‘vor maqsadlari va islohotlari haqida hayotiy misollar bilan boyitilgan iliq suhbatlar olib bordilar. Bu uchrashuvlar nafaqat yoshlarga vatanparvarlik va milliy g‘ururni singdirishga qaratilgan bo‘lib, balki, kelajakda ularni mamlakat taraqqiyotida faol ishtirok etishga undadi.

Yoshlarga ilhom va ruh bag'ishlagan mazkur tadbirlar O‘zbekistonning yangi istiqbolini yanada yuksak nuqtalarga olib chiqishga qaratilgan umumiy maqsadlarning bir qismi sifatida yuqori baholandi.