Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

XALQARO HAMKORLIKLAR

09:13, 16.04.2025      

Oliy taʼlim tizimida, jumladan, Farg’ona davlat universitetida amalga oshirilgan islohotlar natijasida yuz bergan oʻzgarishlar ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va maʼnaviy jihatdan katta tarixiy ahamiyatga ega. Amalga oshirilgan islohotlar nafaqat oliygohimizda katta ijobiy oʻzgarishlarga olib keldi, hatto xalqaro maydonda ham o’z nufuziga ega universitet sifatida yangi bosqichga olib chiqdi. Bu borada qator xalqaro hamkorliklar imzolandi.

Ushbu hamkorliklar doirasida Xalqaro QS reytingining 621-oʼrinida turuvchi Qozogʼiston Respublikasi Muxtor Аvezov nomidagi Janubiy Qozogʼiston universiteti qozoq tili kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Madaliev Yarmuhammad Xudaybergenovich universitetning Аdabiyotshunoslik kafedrasiga tashrif buyurdi.

Hozirda 1-bosqich talabalariga "Jahon adabiyoti", "Oʼzbek adabiyoti tarixi", 4-bosqich talabalariga "Oʼzbek adabiy tanqidi tarixi" fanlaridan maʼruza va seminar mashgʼulotlarini olib bormoqda.