Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

PROFILAKTIK TADBIRLAR

15:28, 08.05.2025      

Yurtimizda yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamdagi profilaktik ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan Farg’ona davlat universitetining Sport faoliyati fakultetida yoshlar o'rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tanqidiy yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda universitet rahbariyati, Farg'ona viloyat IIB boshlig'i o'rinbosari F. Usarov,fakultet jamoasi va talabalari ishtirok etdilar.

Rektor Bahodirjon Shermuhammadov ta'lim - tarbiya va intizomning yoshlar hayotidagi o'rni, jamiyatga kerakli shaxs bo'lib yetishishning ahamiyati haqida alohida to'xtaldi.

“Sportchi eng avvalo tarbiyali va axloqli bo'lib, imkoniyat va qobiliyatlarni to'g'ri yo'naltira olsagina ko'zlagan marrasiga yetib boradi, Vatan bayrog'ini ko'kka ko'taradi”, - deya ta'kidladi universitet rahbari.

Shuningdek, talabalarga giyohvandlik va psixotrop moddalar, kiberjinoyat, bezorilik, firibgarlik ta'siriga tushmaslik, turli huhuqbuzarliklardan uzoq turish kerakligi uqtirildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni ta’kidlash o’rinliki, bugungi globallashuv jarayonida yoshlar va voyaga yetmaganlar siyosati barcha davlatlar uchun asosiy masaladir. Yoshlarimiz ertangi porloq kelajagimizning mustahkam poydevoridir. Ularning taqdiriga har birimiz ma’suldirmiz.