Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

AKADEMIK ALMASHINUVLAR

15:32, 22.05.2025      

Farg’ona davlat universiteti QS dunyo universitetlari reytingida 321-o‘rinda turuvchi Qozog‘istonning L.N. Gumilyov nomidagi yevrosiyo milliy universiteti bilan qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda akademik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlab bormoqda.

Xususan, innovatsion taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va ilg‘or tadqiqotlarni taʼlim dasturiga kiritishdir. Ikkala universitet ham akademik almashinuv, seminarlar va konferensiyalar o'tkazish orqali bilim almashish va ilmiy muloqotni rivojlantirish borasida birgalikda faoliyat olib bormoqda.

Ushbu hamkorliklar doirasida mazkur universitetiningnazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor - Evgeniya Aleksandrovna Juravleva hamda rus tili va adabiyoti yo'nalishi magistri, nazariy va amaliy tilshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi - Aselya Kozyevna Yeshekenevalar akademik almashinuv doirasida universitetning filologiya fakulteti o‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishi 1-2 bosqich talabalari uchun ma'ruzamashg'ulotlarini olib bormoqdalar. Ushbu hamkorlik taʼlimdagi yuqori sifatni oshirish va akademik imkoniyatlarni kengaytirishga bo‘lgan o‘zaro sadoqatni aks ettiradi.