Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

TALABALARNI JOYLASHTIRISHDA YANGI QULAYLIK - INFOKIOSKALAR

16:54, 18.08.2025      

Farg‘ona davlat universitetida talabalarni yotoqxonalarga va ijara xonadonlarga joylashtirish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, 1-avgustdan boshlab talabalarni yotoqxonalar bilan ta’minlash ishlari tashkil etilib, bu jarayonni yanada qulay va samarali qilish maqsadida universitet hududida infokioskalar o‘rnatildi.

Infokioskalar orqali talabalar:

  • -yashash joyini tanlash,
  • -tezkor ro‘yxatdan o‘tish,
  • -zarur ma’lumotlarni olish kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.

Infokioskalar universitet hududining turli nuqtalarida joylashtirilgan bo‘lib, ular yordamida talabalar uchun xizmatlar yanada qulay va tezkor shaklda taqdim etilmoqda.

Ushbu tizimning joriy etilishi talabalarga ortiqcha navbat kutmasdan, o‘ziga qulay sharoitda yashash joyini tanlash imkoniyatini yaratmoqda.