Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

UNIVERSITETDA XORIJIY INVESTITSIYALAR VA GRANTLARNI JALB ETISH BO’YICHA OCHIQ MULOQOT

11:28, 05.09.2025      

Fargʻona davlat universitetida xorijiy investitsiyalar, grant va begʻaraz ko‘mak mablagʻlarini jalb etish masalalariga bagʻishlangan ochiq muloqot bo‘lib oʻtdi. Tadbirda soha prorektorlari, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etishdi.

Muloqot davomida taʼkidlanganidek, bugungi globallashuv sharoitida xorijiy investitsiyalar va grant mablagʻlarini jalb etish ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, innovatsion gʻoyalarni amaliyotga tatbiq etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ishtirokchilar universitetning mavjud imkoniyatlari, erishilgan natijalari hamda navbatdagi vazifalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Xususan:

  • -xalqaro grant loyihalarida faol ishtirok etish;
  • -ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish;
  • -taʼlim sifatini oshirish;
  • -talaba-yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Ochiq muloqotda bildirilgan taklif va tashabbuslar kelgusida FarDUning xalqaro nufuzini yanada oshirish, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida raqobatbardosh natijalarga erishishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.