Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

DIQQAT, E`LON!

17:26, 05.09.2025      

087ac1b4e8-photo2024-10-0416-34-59

Farg'ona davlat universiteti ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun “60420100 - Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha imtihon natijalari ...


Kunduzgi...

Farg‘ona davlat universitetida 2025-2026 o‘quv yili uchun “Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun imtihon natijalariga ko‘ra abituriyentlarni talabalikka qabul qilish uchun bazaviy va oshirilgan (tabaqalashtirilgan) to‘lov kontrakt qiymatining miqdorlarini belgilash haqida

M A ’ L U M O T N O M A

2026-2026 o‘quv yili uchun “Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishiga ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Huquq fanidan test sinovlari o‘tkazish orqali amalga oshirildi. Test natijalari bo‘yicha to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal 93,0 balldan (30 ta test savoli 3.1 balldan) o‘tish balli 55,8 (18 ta to‘g‘ri javob)ni tashkil etdi.

Talabgorlar tomonidan o‘qish istagini bildirgan murojaatlarga asosan, “Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” yo‘nalishida ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlarini to‘plangan ballarga nisbatan quyidagi miqdorlarda tabaqalashtirilgan shartlarda universitet kengashining 2025-yil
2-sentabrdagi kengaytirilgan yig‘ilish bayoniga asosan belgilandi.

- Test natijalari ro‘yxati bo‘yicha belgilangan kvota asosida umumiy ballning 60 foizidan yuqori ball to‘plagan talabgorlar universitet kengashi tomonidan belgilangan kontrakt miqdorining 1 baravari (18 101 000 so‘m);

- umumiy ballning 50-59 foizi miqdorida (46,5-52,7 ball, 15-17 ta test savoli) ball to‘plagan talabgorlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining 2 baravari (25 600 000 so‘m);

- umumiy ballning 40-49 foizi miqdorida (37,2-43,4 ball, 12-14 ta test savoli) ball to‘plagan talabgorlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining 4 baravari (51 200 000 so‘m);

- umumiy ballning 30-39 foizi miqdorida (27,9-34,1 ball 9-11 ta test savoli) ball to‘plagan talabgorlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining 8 baravari (102 400 000 so‘m);

- umumiy ballning 10-29 foizi miqdorida (12,4-24,8 ball 4-8 ta test savoli) ball to‘plagan talabgorlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining 12 baravari (153 600 000 so‘m) miqdorida.

Universitet kengashining 2025-yil 2-sentabrdagi 1-son yig‘ilish bayoniga asosan “Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi mutaxassislik uchun to‘lov-kontrakt miqdori 18 101 000 so‘m qilib belgilangan. Davlat qabul hay’ati tomonidan ushbu yo‘nalish bo‘yicha belgilangan bazaviy kontrakt miqdori esa 12 800 000 so‘mni tashkil etadi. Tabaqalashtirilgan (oshirilgan) to‘lov kontrakt qiymati Davlat qabul hay’ati tomonidan kunduzgi ta’lim shakli uchun belgilangan bazaviy kontrakt miqdoriga nisbatan olingan.

Ta’lim shakli masofaviy yoki kechki ta’lim shaklida tashkil etilgan taqdirda tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt miqdori Davlat qabul hay’ati tomonidan masofaviy (kechki) ta’lim shakli uchun belgilangan bazaviy kontrakt miqdori 13 713 000 so‘mga nisbatan hisoblanadi.