Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 444
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

ILMIY XUSHXABAR

13:17, 08.09.2025      

Farg‘ona davlat universiteti ilmiy salohiyati tobora ortib bormoqda. Chet tillari fakultetida yana bir ilmiy ish himoyasi bo’lib o’tdi, unda Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi katta o‘qituvchisi Dushatova Shoxsanam Baxtiyor qizi o‘z ilmiy faoliyatida muhim bosqichni bosib o‘tdi.

Olimaning “Evfemizmlarning lisoniy va lingvomadaniy tadqiqi (ingliz, rus va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi ilmiy ishi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligiga bag‘ishlangan. Mazkur dissertatsiyada uch til materiallari asosida evfemizmlarning lingvistik xususiyatlari va ularning madaniy-ma’naviy omillar bilan bog‘liqligi keng tahlil qilindi.

Tadqiqot natijalari turli tillarda nutq madaniyatini shakllantirish, tarjimashunoslikda yangi yondashuvlarni qo‘llash hamda til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni chuqurroq anglashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Mazkur dissertatsiya Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida ko‘rib chiqildi. Eng quvonarlisi, ilmiy kengash a’zolari tomonidan ish 100% ovoz bilan qo‘llab-quvvatlanib, muvaffaqiyatli himoya qilingan ilmiy izlanish sifatida e’tirof etildi.