Farg‘ona davlat universitetida yangi o‘quv yilining ikkinchi haftasi ko‘tarinki ruhda qutlov va e’tiroflarga bag’ishlangan yig’ilish bilan boshlandi.
Oliygoh rektori boshchiligida bo’lib o’tgan mazkur yig’ilishda fakultetlar dekanlari va professor o’qituvchilar ishtirok etdilar.
Rektor o‘z nutqida ta’lim tizimida boshlangan yangi davr, zamonaviy yondashuvlar va innovatsion g‘oyalarni joriy etish zarurati haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy izlanishlarni kengaytirish va talabalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish borasida ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
Shuningdek, yig’ilishda universitet jamoasida uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan bir qator jamoadoshlarimizning tavallud ayyomlari bilan tabrikladi.
Ularning ilm-fan va ta’lim taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi yuksak qadrlanib, samimiy minnatdorchilik bildirildi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yig‘ilish yakunida universitet rahbari boshlanayotgan yangi haftada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi.
E’tiborlisi, Farg‘ona davlat universitetida yangi o‘quv yilining boshlanishi nafaqat talabalar uchun, balki butun jamoa uchun ham yangi marralarga intilish, ilmiy izlanishlarni kuchaytirish va ta’lim sifatini yuksaltirish sari tashlangan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.