Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“JAHOLATGA QARSHI – MA’RIFAT”

15:35, 08.09.2025      

Bugungi kunda jaholat, yot g‘oyalar va turli mafkuraviy tahdidlar jamiyat barqarorligiga hamda yoshlarning tafakkuriga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Ularning oldini olishda esa eng samarali qurol – bu ilm va ma’rifatdir. Shu maqsadda Farg‘ona davlat universitetida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Zokirjon Xakimov ishtirok etdi va talabalar bilan ochiq muloqot qildi.

Muloqot davomida Zokirjon Xakimov ilm olishning beqiyos ahamiyati, yoshlarning dunyoqarashi va hayotiy pozitsiyasini shakllantirishdagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi. U ilmning nafaqat shaxsiy taraqqiyot, balki jamiyatdagi barqarorlikni ta’minlashdagi muhim omil ekanini hayotiy misollar orqali asoslab berdi.

“Bugun dunyoda insoniyatni turli tahdid va xatarlardan asraydigan yagona yo‘l – bu ilm. Ilm-ma’rifat bo‘lmagan joyda jaholat ildiz otadi. Shuning uchun yoshlar ilm olishga, ma’rifatga intilishi lozim,” — deya ta’kidladi mutaxassis.

Tadbir davomida “Ilmdan boshqa najot yo‘q” mavzusidagi hujjatli film namoyish qilindi. Ushbu film orqali yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan mafkuraviy xatarlar, xususan, “din” niqobi ostida targ‘ib qilinayotgan yot g‘oyalar mohiyati keng yoritildi.