Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

XALQARO HAMKORLIK: QADIMIYAT IZIDAN – YANGI KASHFIYOTLAR

11:36, 09.09.2025      

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilib, tarixiy merosni o‘rganish yo‘lida samarali natijalar bermoqda. Ana shunday muhim ilmiy tashabbuslardan biri sifatida Farg‘ona vodiysida o‘tkazilgan qo‘shma arxeologik qidiruv-tadqiqot ishlarini alohida ta’kidlash mumkin.

Shimoli-g‘arbiy Universitetning Buyuk Ipak yo‘li bo‘yicha arxeologik tadqiqotlar markazi professori Zhang Weixin boshchiligidagi xitoylik olimlar va o‘zbekistonlik mutaxassislar birgalikda olib borgan izlanishlar natijasida, qadimiy davrlarga oid qimmatli moddiy-madaniy ob’ektlar aniqlanib, ehtiyotkorlik bilan yig‘ib olindi.

Topilmalar Farg‘ona vodiysining boy tarixiy qatlamlarini yanada chuqurroq o‘rganish, ushbu hudud qadimda Sharq va G‘arb o‘rtasidagi madaniy hamkorlik markazlaridan biri bo‘lganini isbotlovchi muhim dalillar sifatida baholanmoqda.

Aniqlangan arxeologik topilmalar hozirda Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi O‘zbekiston–Xitoy arxeologiya qo‘shma kafedrasida dastlabki tahlil va ekspertizadan o‘tkazilmoqda.

Ikki davlat mutaxassislari ushbu jarayonda zamonaviy ilmiy-texnologik uslublardan foydalanib, topilmalarning davri, tarixiy va madaniy ahamiyatini aniqlash ustida ishlashmoqda. Bu esa arxeologiya fanini yangi ma’lumotlar bilan boyitibgina qolmay, yosh tadqiqotchilarni xalqaro miqyosdagi ilmiy izlanishlarga jalb etishga ham xizmat qilmoqda.

Farg‘ona vodiysi qadimdan Buyuk Ipak yo‘lining muhim chorrahalaridan biri sifatida tanilgan. Topilayotgan arxeologik ob’ektlar nafaqat bu hududning qadimiy sivilizatsiyalar bilan aloqadorligini, balki Sharq va G‘arb o‘rtasidagi savdo, madaniyat va ilmiy tafakkur almashinuvining tarixiy ildizlarini ham yoritib bermoqda.

Bugun olib borilayotgan O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma izlanishlari nafaqat ilmiy kashfiyotlarga, balki xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.