O‘zbekiston yoshlari orasida ilmiy izlanish va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan “Evrika_tanlovi o‘zining navbatdagi bosqichiga yetib keldi. Ushbu tanlov nafaqat ilmiy yutuqlarni, balki jamiyatimizda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ekologik masalalarni hal etish bo‘yicha yangi qarashlarni yuzaga chiqarishga xizmat qilmoqda.
Tabiatni asrash, ekologik muammolarga yechim topish va barqaror taraqqiyotga erishish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Shu bois tanlovning “Inson va tabiat” yo‘nalishi yosh tadqiqotchilar va olimlar uchun o‘z g‘oyalarini amalda sinab ko‘rish, ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish imkoniyatini yaratmoqda.
Final bosqichiga yo‘l olgan ishtirokchilar orasida bir qator iqtidorli va yosh tadqiqotchilarimiz ham bor. Ularning har biri tabiat va inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni mustahkamlash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda innovatsion yondashuvlarni joriy etish yo‘lida o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Xususan, Farg‘ona davlat universiteti Agrar qo‘shma fakulteti Mevachilik va sabzavotchilik kafedrasi dotsenti Idrisov Xusanjon Abdujabborovich ham tanlov final bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritdi.
U ilmiy faoliyatida qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, ekologik muvozanatni saqlagan holda yangi yechimlarni joriy etish, shuningdek, yoshlarni ilmiy izlanishga yo‘naltirish borasida ko‘plab tashabbuslarni ilgari surib kelmoqda.