Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

XALQARO HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI – GERMANIYA

12:58, 10.09.2025      

Farg‘ona davlat universiteti(FarDU)ning Chet tillari fakultetiga Germaniyaning nufuzli ta’lim maskanlaridan biri — Konstanz universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha mutaxassislari Corinne Karlaganis va Florian Eitzenbergerlar boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Mazkur delegatsiya a’zolarini oliygohning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori hamda Chet tillari fakulteti dekani samimiy kutib oldi.

Muzokaralarda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, ilmiy-akademik aloqalarni mustahkamlash masalalari keng muhokama qilindi. Xususan:

  • -qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
  • -talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi;
  • -ilmiy loyihalarda hamkorlik qilish;
  • -madaniy va ta’limiy tajriba almashish kabi masalalari atroflicha o’rganib chiqildi.

Uchrashuvda FarDU talabalari uchun tashkil etilayotgan “Summer School” dasturiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu dastur:

  • -talabalar uchun xorijda qisqa muddatli ta’lim olish;
  • -ilmiy izlanishlar olib borish;
  • -xorijiy professorlardan saboq olish imkoniyatlarini yaratadi.

Shuningdek, “Summer School” dasturi madaniy muloqot va xalqaro do‘stlikni rivojlantirishda, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishda, zamonaviy ilmiy yondashuvlarni amaliyotda sinab ko‘rishda muhim o‘rin tutadi.

FarDU va Konstanz universiteti o‘rtasidagi ushbu uchrashuv ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda. O‘z navbatida, bu kabi tashabbuslar O‘zbekiston ta’lim tizimining xalqaro maydondagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Germaniya bilan yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik nafaqat ta’lim va ilm-fan sohasida balki madaniyat, innovatsiya va yoshlar taraqqiyotida ham yangi imkoniyatlarni ochib beradi.