Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

YOSHLAR BILAN UCHRASHUV: SOG’LOM MUHIT SARI

12:59, 10.09.2025      

Oliygohda o’tkazilayotgan “Odob-axloq qoidalari” doirasida o’tkazilayotgan 1-bosqich talabalari bilan o’tkazilayotgan uchrashuvlar davom etmoqda.

Xususan, Jismoniy madaniyat fakultetida 1-bosqich talabalari uchun “1- bosqich maktabi” rejasiga muvofiq “Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda fakultet rahbariyati, universitet profilaktika inspektori fakultet tyutorlari hamda 1- bosqich talabalari ishtiroq etdilar.

So‘zga chiqqanlar yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishning ahamiyatiga to‘xtaldilar. Shuningdek, talabalarni ilmiy va sport faoliyatiga keng jalb etish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, ijtimoiy faollikni oshirishning foydali tomonlari haqida tushunchalar berildi.

Profilaktika inspektori S. Umarov yoshlar o‘rtasida uchrayotgan huquqbuzarliklar misolida huquqiy oqibatlarni atroflicha tushuntirib berdi va talabalarga “qonuniylik — eng to‘g‘ri yo‘l” ekanini eslatdi.

Mazkur tadbir nafaqat huquqiy bilimlarni oshirish, balki talabalarni vatanparvarlik, mas’uliyat, sog‘lom turmush tarzi kabi qadriyatlarga yo‘naltirishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.