Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

ODOB – AXLOQ QOIDALARINI TARG’IB QILUVCHI PROFILAKTIK TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

13:00, 10.09.2025      

Farg‘ona davlat universitetida talabalar ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, huquqiy madaniyatini yuksaltirish va sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish maqsadida navbatdagi suhbat tadbiri o‘tkazildi.

Suhbat davomida talabalarga mas’ul xodimlar tomonidan:

  • -oliygohning ichki tartib-qoidalari;
  • -ta’lim muassasasida intizom va mas’uliyatga amal qilish;
  • -tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish masalalari yuzasidan batafsil tushunchalar berishdi.

Talabalarga nafaqat ta’lim jarayonida, balki kundalik hayotda ham qonuniylikka rioya qilish, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash lozimligi ta’kidlandi.

Mazkur uchrashuv:

  • -yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish;
  • -ularning ma’naviy immunitetini kuchaytirish;
  • -jamoadagi sog‘lom muhitni mustahkamlash;
  • -talabalarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishga xizmat qildi.

Ochiq muloqot shaklida tashkil etilga mazkur tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga, tegishli javoblarni oldilar.

Farg‘ona davlat universitetida muntazam o‘tkazilayotgan bunday suhbatlar yoshlarning barkamol shaxs sifatida shakllanishida, ularni huquqbuzarlik va zararli illatlardan asrashda, shuningdek, mustahkam ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.