Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

ILMIY SALOHYAT

12:35, 15.09.2025      

Farg‘ona davlat universitetida kun sayin o’sib borayotgan ilmiy salohiyat, ilmiy muhitning izchil rivojlanayotganidan, yosh olimlarning dolzarb ijtimoiy masalalarga ilmiy yechim topishga ijobiy yondashayotganidan dalolat beradi.

Xususan, Huquq ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi So‘fiyev Abduhakim Abdulazizovich o‘zining ilmiy izlanishlari natijasida falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

So‘fiyev Abduhakim Abdulazizovich, Farg’ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/28.08.2024.F.05.08 raqamli Ilmiy Kengash yig‘ilishida, o’zining 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha “Tadbirkor shaxs huquqiy madaniyatini oshirishning ijtimoiy-falsafiy asoslari” mavzusida dissertatsiya ishi himoyasini muvaffaqiyatli yakunladi.

Dissertatsiyada tadbirkorlik subyektlarining huquqiy ongini shakllantirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarga ushbu omilning ta’siri chuqur tahlil etilgan. Ilmiy ishda huquqiy madaniyat va ijtimoiy barqarorlik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik falsafiy yondashuv asosida asoslab berilgan.

Himoya jarayonida ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiyaning dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati yuksak baholandi va So‘fiyev Abduhakim Abdulazizovichga falsafa fanlari bo‘yicha PhD ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.