Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

YUKSAK SALOHIYAT SARI

12:37, 15.09.2025      

Farg‘ona davlat universitetida erishilayotgan yuksak muvaffaqiyatlar, ilmiy salohiyatning yuksalayotgani va yosh olimlarning zamonaviy jamiyat ehtiyojlariga mos ilmiy izlanishlar olib borayotganidan dalolatdir.

Xususan, Falsafa va milliy g‘oya kafedrasi o‘qituvchisi Tojiboyev Sarvarbek Po‘latjon o‘g‘li o‘zining ilmiy izlanishlari samarasi sifatida falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Sarvarbek Tojiboyev Farg’ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/28.08.2024.F.05.08 raqamli Ilmiy Kengashda, “Boshqaruv kadrlarida halollik va fidoyilik fazilatlarini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy tahlili” mavzusida 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiya himoyasini o‘tkazdi.

Dissertatsiyada hozirgi davr ijtimoiy taraqqiyotida boshqaruv sohasidagi mutaxassislarning axloqiy fazilatlarini shakllantirish va mustahkamlash, halollik va fidoyilikning ijtimoiy-falsafiy asoslari, ularning boshqaruv tizimiga ta’siri ilmiy asoslangan tarzda tahlil qilindi.

Ilmiy ish universitet ilmiy jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilib, mazmunan dolzarbligi va amaliy ahamiyati jihatidan yuqori baholandi.