Farg‘ona davlat universiteti jamoasi ilmiy izlanishda yuksak natijaga erishib kelmoqda, bu esa oliygohda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarning izchil olib borilayotgani, yosh olimlar salohiyatining yuksalib borayotganidan dalolat beradi.
Xususan, yosh izlanuvchilarimizdan Filologiya fakulteti o‘qituvchisi Farmonova Umida Maxsutaliyevna o‘zining ilmiy izlanishlari samarasi sifatida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Farmonova Umida Farg’ona davlat universitet huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli bir martalik Ilmiy Kengash yig‘ilishida 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Qisasi Rabg‘uziy” asarida qo‘llangan frazemalar tadqiqi” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qildi.
Dissertatsiyada o‘zbek adabiyotining nodir manbalaridan biri — “Qisasi Rabg‘uziy” asaridagi frazemalar lingvistik va semantik jihatdan chuqur tahlil etilgan. Ushbu frazeologik birliklar orqali o‘sha davr til va tafakkur olami, xalq og‘zaki ijodining adabiy jarayonlardagi o‘rni ilmiy asosda yoritib berilgan.
Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda filologik manbalarni tadqiq etishdagi yangicha yondashuvlari yuksak baholandi va Natijada Farmonova Umida Maxsutaliyevna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga munosib deb topildi.