"El-yurt umidi" jamg‘armasi tashabbusi bilan 1-ochiq stipendiya tanlovi g‘oliblari uchun o‘quv-seminarlar hamda jamg‘arma stipendiantlari va bitiruvchilarining an’anaviy xalqaro forumi tashkil etildi.
Mazkur nufuzli tadbir poytaxtimizda joylashgan Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida zamonaviy ta’lim, ilmiy salohiyat, xalqaro hamkorlik va yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.
Ushbu xalqaro darajadagi anjumanda Farg‘ona davlat universiteti Chet tillari fakulteti o‘qituvchisi Usmonova Diyoraxon ham ishtirok etdi. U “El-yurt umidi” jamg‘armasining 1-ochiq stipendiya tanlovi g‘olibi sifatida forumda qatnashib, xorijiy tajribalarni o‘rganish va ilg‘or amaliyotlarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Forum davomida qatnashchilar o‘zaro fikr almashib, tarmoq hamkorliklarini yo‘lga qo‘yish, istiqbolli loyihalarni muhokama qilish va tajriba almashish imkoniga ega bo‘ldilar. Shuningdek, bir qator mahorat darslari, panel muhokamalar va ochiq muloqotlar orqali ishtirokchilar o‘z kasbiy salohiyatlarini oshirish bo‘yicha muhim tavsiyalar oldilar.
Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisining ushbu nufuzli forumda ishtiroki oliygoh jamoasining ilmiy salohiyati va xalqaro maydondagi faol ishtirokini yaqqol namoyon etadi.