Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

GURUH MURABBIYLARINING FAOLIYATI

11:17, 16.09.2025      

Farg‘ona davlat universitetida guruh murabbiylarining faoliyatini yanada samarali tashkil etish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida navbatdagi o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda universitet rahbariyati, tegishli soha bo‘yicha prorektorlar, mutasaddi tashkilotlar vakillari, fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda faoliyat yuritayotgan guruh murabbiylari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida murabbiylik faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, talabalar bilan samarali ishlash uslublari, hujjatlarni yuritish tartibi, talabalar muammolarini aniqlash va ularni hal etish mexanizmlari, shuningdek, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keng muhokama qilindi.

Seminar davomida tajribali mutaxassislar tomonidan amaliy ma’ruzalar tinglandi. Ishtirokchilar uchun interaktiv mashg‘ulotlar, savol-javoblar va guruhli muhokamalar orqali bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniyati yaratildi.

Mazkur o‘quv-seminar guruh murabbiylarining mas’uliyatli va dolzarb faoliyatini metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning ish samaradorligini oshirish, shuningdek, talabalar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifatini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz.