Buxoro davlat universitetida “Jahon sivilizatsiyasida Buxoroning o‘rni: boy meros, barqaror rivojlanish, yorqin kelajak” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanda yurtimiz oliy ta’lim muassasalari, taniqli olimlar va bir qator xorijiy mehmonlar ishtirok etdilar.
Ushbu yirik ilmiy tadbirda Farg‘ona davlat universiteti vakillari ham faol ishtirok etdilar. Tadbir doirasida u Buxro davlat universiteti rektoriga Farg’ona davit universiteti rektorining samimiy tabrigi hamda esdalik sovg‘alarini tantanali tarzda topshirdi.
Ushbu tashabbus ikki nufuzli oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi do‘stona aloqalar, ilmiy va madaniy hamkorlikning mustahkamlanishiga xizmat qiladigan muhim qadam sifatida baholandi.
Anjuman davomida Buxoroning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni, uning boy tarixiy-madaniy merosi, ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, barqaror rivojlanishning zamonaviy yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi. Ma’ruzalar, taqdimotlar va ilmiy bahs-munozaralar asosida anjuman ishtirokchilari o‘zaro tajriba almashish, dolzarb g‘oyalarni ilgari surish imkoniga ega bo‘ldilar.
Mazkur uchrashuv nafaqat ilmiy hamkorlikni kengaytirish, balki ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish, yosh avlodga tarixiy merosimizni chuqur anglatish borasidagi ezgu sa’y-harakatlarning yorqin ifodasi bo’ldi.