Yoshlar qalbida milliy san’atga, adabiyotga va tarixiy merosga bo‘lgan hurmat va mehrni oshirish hamda “Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan o‘zbek san’atining zabardast namoyandalaridan biri, O‘zbekiston xalq artisti Shukur Burxonov tavalludining 115 yilligi munosabati bilan “Sahnada qolgan izlar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda ishtirokchilarga san’atkorning boy ijodi va sermazmun hayotini yorituvchi videorolik namoyish etildi, sahna ko‘rinishlari, ochiq suhbatlar va interaktiv savol-javoblar orqali barchaga unutilmas taassurotlar ulashildi.
Tadbirga Farg‘ona viloyati musiqali-dramatik teatri aktyori, “Do‘stlik” ordeni sohibi Akmaljon Mirzaev tashrif buyurib, Shukur Burxonov obrazlariga mos sahna chiqishlari orqali samimiy badiiy ruh bag‘ishladi.
Shuningdek, tadbirda viloyat hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sohibjamol Tong‘otarova va Farg‘ona davlat universiteti dotsenti Rahmonov Ulug‘bek Karimovich ishtirok etib, Shukur Burxonovning hayoti, ijodiy yutuqlari va o‘zbek san’ati tarixidagi o‘rni haqida qimmatli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar.
Tadbir yakunida faol ishtirokchilar kutubxona tomonidan kitoblar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.