Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

16:26, 17.09.2025      

Farg‘ona davlat universitetida an'anaviy tus olgan “Rektor va yoshlar” uchrashuvlari ketma-ket davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv Iqtisodiyot fakultetining 1-bosqich talabalari bilan bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan suhbatda universitet rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov ishtirok etdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — talabalarni ta’lim, tarbiya va jamiyatdagi islohotlar bilan yaqindan tanishtirish, ularning fikr va mulohazalarini eshitish, mavjud muammolarni joyida hal qilishdan iborat bo‘ldi.

Muloqot davomida mamlakatimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi roli, ularning faolligi va mas’uliyat hissi muhim omil ekani ta’kidlandi.

“Bugungi yoshlar – ertangi jamiyat tayanchi. Ular bilimli, mas’uliyatli va tashabbuskor bo‘lishi zarur. Har bir talaba o‘z ustida ishlashi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi orqali jamiyatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishi kerak,” – dedi universitet rahbari.

Suhbat chog‘ida talabalarni qiziqtirgan masalalar, taklif va savollar tinglandi. Bildirilgan fikrlar asosida ularni amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar belgilab olindi.