Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

TALABALAR OQSHOMI

11:09, 19.09.2025      

“Talabalar oqshomi” – bu shunchaki bayram emas, balki ijtimoiy faollik, do‘stlik, madaniyat va ijodiy ifoda bayramidir. Farg‘ona davlat universitetida talabalar hayotiga quvonch, g‘ayrat va ijobiy kayfiyat bag‘ishlovchi yana bir yorqin tadbir – “Talabalar oqshomi” bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bayram tadbiri O‘zbekiston yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan, oliygoh talabalarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirni ochib bergan universitet yoshlar yetakchisi A.Ahmadjonov bugungi kunda talaba-yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, shart-sharoitlar, ilmiy, madaniy va sport yo‘nalishlarida olib borilayotgan tizimli ishlar haqida so‘z yuritdi.

U o‘z chiqishida talabalarni tashabbuskor, faollikka intiluvchan va jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan barkamol yoshlar sifatida kamol topishga chorladi.

Tadbirning asosiy qismi talabalarning sevimli musiqalari, jonli ijrodagi qo‘shiqlar, raqslar hamda sahna chiqishlari bilan davom etdi. Ijodiy chiqishlar, kulgili sahnalar va o‘ziga xos raqslar tomoshabinlar — talabalarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Bayramona ruhda o‘tgan oqshomda talabalar o‘z iste’dodini namoyon etish barobarida, do‘stlari bilan birgalikda quvonchli onlarni baham ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Tadbir yakunida esa “Talabalar oqshomi” an’anaviy tarzda ommaviy raqs bilan yakunlandi. Butun maydonni quvonch, bir jamoa bo‘lish hissi va o‘zaro do‘stlik muhitiga to‘ldirgan ushbu lahzalar talabalarning hayotida unutilmas sahifalardan biriga aylandi.

Universitet rahbariyati tomonidan talabalar uchun yaratilayotgan bu kabi imkoniyatlardan unumli foydalanish, har bir yoshda iste’dodni yuzaga chiqarish va ularga ruhiy ko‘tarinkilik ulashish bundan keyin ham ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoladi.