Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FarDU OLIMLARI IV XALQARO OLTOYSHUNOSLIK FORUMIDA

15:09, 19.09.2025      


Rossiya Federatsiyasining Barnaul shahrida ilm-fan olamida yuksak nufuzga ega bo‘lgan “IV Xalqaro Oltoyshunoslik Forumi” bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Buyuk Oltoy makonidagi slavyan-to‘rk dunyosi: tarix va zamonaviylik” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, u turli xalqlar tarixiy merosining o‘zaro bog‘liqligi va madaniy aloqalarini chuqur tadqiq etishga qaratildi.

Forumda 12 ta davlat – Rossiya, O‘zbekiston, Belorussiya, Vengriya, Qozog‘iston, Xitoy, Tojikiston, Chexiya, Mongoliya, Turkmaniston, Turkiya va Qirg‘iziston kabi mamlakatlardan 100 ga yaqin universitet va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, jami 500 nafardan ortiq olimlar ishtirok etdi.

Forum doirasida o‘tkazilgan muhim ilmiy tadbirlardan biri – “Славяно-тюркский мир на пространстве Большого Алтая: история и современность” nomli xalqaro ilmiy konferensiya bo‘ldi.

Mazkur konferensiyada O‘zbekistonni munosib tarzda O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor Bahodir Abduqodirovich Usmonov taqdim etdi. U forumda “Ослабление и распад государства темуридов в Хорасане” (Xurosonda Temuriylar davlatining zaiflashuvi va parchalanishi) nomli ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib, xalqaro ilmiy jamoatchilik e’tiborini qozondi.

Professor Usmonov o‘z tadqiqotida Temuriylar davrida Xuroson hududidagi siyosiy inqiroz, ichki ziddiyatlar va ularning davlat parchalanishiga olib kelgan omillarini tarixiy manbalar asosida yoritdi. Uning fikricha, bu jarayon nafaqat Temuriylar davlati uchun, balki butun Markaziy Osiyo tarixida muhim burilish nuqtasi bo‘lgan.

Ushbu forum nafaqat tarixiy mavzularni muhokama qilish, balki mamlakatlar o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlash, yosh tadqiqotchilarni xalqaro ilmiy maydonga jalb qilish va umumiy tarixiy merosni chuqurroq anglash imkonini berdi.

Professor B.A. Usmonovning qatnashuvi O‘zbekiston tarixchilari xalqaro maydonda faol ishtirok etayotganini, yurtimizda tarix fanining yetuk vakillari borligini yana bir bor tasdiqladi.

IV Xalqaro Oltoyshunoslik Forumi nafaqat Oltoy mintaqasidagi tarixiy-madaniy jarayonlarni o‘rganish, balki butun turkiy va slavyan xalqlar o‘rtasidagi tarixiy aloqalarni chuqurroq tadqiq qilish, yangi ilmiy hamkorliklarni shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. O‘zbekistonlik olimlarning bunday nufuzli anjumanlarda faol ishtiroki esa milliy ilm-fanning xalqaro miqyosdagi nufuzini yuksaltirishga xizmat qiladi.