Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FarDUDA YANGI MAVSUM ! YANGI MARRALAR SARI ISHONCHLI QADAM!

13:19, 20.09.2025      

FarDUda “Besh tashabbus olimpiadasi – 2025”ga tantanali start berildi!

Bugun Farg‘ona davlat universitetida talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, ularni jismoniy faollikka keng jalb qilish hamda iqtidorli sportchilarni kashf etish maqsadida har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025-yilgi mavsumi o‘z faoliyatini tantanali ravishda boshladi.

Ochilish marosimi respublika miqyosida markazlashgan holda tashkil etilib, unda Farg‘ona viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Yirik sport tadbiri FarDUning zamonaviy sport majmuasida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov, viloyat sport boshqarmasi vakillari, oliygohlarning rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, shuningdek, sportsevar talaba-yoshlar faol ishtirok etdi.

Uchrashuvda so‘z olganlar talabalarning sport sohasida erishayotgan yutuqlarini e’tirof etib, ularni yangi mavsumda yanada yuqori natijalarga erishishga undadilar. Ayniqsa, FarDU talabasining yutuqlari alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, universitetning faxrli sportchilaridan biri, 3 karra paralimpiya o‘yinlari sovrindori Nurxon Qurbonovaning ishtiroki barchaga ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Uning sportdagi irodasi, matonati va g‘alabaga bo‘lgan intilishi yoshlar uchun haqiqiy namuna bo‘ldi.

Tantanali marosim doirasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida faol ishtirok etayotgan talabalarga Jismoniy tayyorgarlik darajasi sertifikatlari topshirildi. Sertifikatlarni universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov shaxsan topshirdi hamda talabalarga yangi sport mavsumida omad va yuqori marralarni zabt etishni tiladi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” – bu shunchaki sport musobaqasi emas, balki talaba-yoshlarning sog‘lom turmush tarzi, sportga bo‘lgan ishtiyoqi, o‘z ustida ishlashga bo‘lgan intilishi va ijtimoiy faolligini namoyon etuvchi muhim tashabbusdir.

Farg‘ona davlat universiteti esa ushbu olimpiada orqali nafaqat sportchilarni, balki har tomonlama sog‘lom, irodali va jismonan chiniqqan yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.