Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

ILMIY HIMOYA

16:23, 20.09.2025      

Farg‘ona davlat universiteti ilmiy-tadqiqot faoliyatni rivojlantirish, yosh olimlar va tadqiqotchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ilmiy muhitni mustahkamlashga doimiy e’tibor qaratib kelmoqda. Har bir yangi himoya — bu nafaqat individual yutuq, balki universitet ilmiy maktabining yuksalishidir.

Oliygohda Ilmimiy kengashning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Mazkur yig’ilishda mustaqil tadqiqotchi Usarov Farrux Madaminovich tomonidan tayyorlangan falsafa doktori (PhD) ilmiy dissertatsiyasining ochiq himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Dissertatsiya “Axborotlashgan jamiyat sharoitida jamoat xavfsizligi konsepsiyasini amalga oshirishning ijtimoiy-falsafiy omillari” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, zamonaviy axborot texnologiyalari asrida xavfsizlik, jamiyat barqarorligi va axborot makonida inson salohiyatining o‘rni kabi dolzarb masalalarni falsafiy nuqtayi nazardan chuqur tahlil qiladi.

Ochiq himoya jarayonida Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov ishtirok etdi. U o‘z nutqida tadqiqot ishining dolzarbligini alohida e’tirof etib, ilmiy izlanishlar universitetning rivojlanishida muhim omil ekanini ta’kidladi. Rektor mustaqil tadqiqotchining izchil mehnatini yuqori baholab, kelgusi ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Mazkur ilmiy ishda axborotlashgan jamiyatda xavfsizlik tushunchasiga yangi falsafiy yondashuv taklif qilinib, jamiyatni raqamli tahdidlardan asrash, axborot madaniyatini yuksaltirish va fuqarolik mas’uliyatini oshirish kabi konseptual g‘oyalar ilgari surilgan.

Dissertatsiyada shuningdek:

Zamonaviy jamiyatda axborot va xavfsizlik o‘zaro bog‘liqligi,

Axborot siyosatining ijtimoiy ongga ta’siri,

Falsafaning jamoat xavfsizligidagi metodologik roli tahlil qilingan.

Bu yondashuv nafaqat akademik, balki amaliy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi.