Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FarDUDA “QIZLARJON” KLUBINING ILK YIG’ILISHI

15:43, 23.09.2025      



Farg‘ona davlat universiteti (FarDU) huzurida faoliyat yurituvchi “Qizlarjon” klubi o‘z faoliyatini yangi bosqichda boshladi. Joriy yilning 1-sonli yig‘ilishi ko‘tarinki ruhda, maqsadli muloqotlar va iqtidorli talabalar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida universitetimizning eng faol va izlanuvchan talaba-qizlaridan iborat “Lider qizlar” jamoasi bilan ham uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda universitet hayotida faol ishtirok etayotgan, tashabbuskor va iqtidorli qizlar jam bo‘lib, liderlik, ijtimoiy faollik, shaxsiy rivojlanish, o‘ziga ishonch kabi dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashdilar. Klub a’zolari “Qizlarjon” platformasi orqali yosh qizlarning salohiyatini ochib berish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda turli sohalarda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish bo‘yicha rejalarini bildirdilar.

Yig‘ilish yakunida “Qizlarjon” klubining universitet darajasidagi raisi lavozimiga saylov o‘tkazildi. Talabalar ishonch bildirgan holda, Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakultetining Pedagogika yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Mo‘ydinova Durdona Qahramonjon qizi ushbu mas’uliyatli lavozimga munosib deb topildi.

Shuningdek, “Qizlarjon” klubi qoshida faoliyat yurituvchi “Lider qizlar” akademiyasi raisi lavozimi uchun ham saylov o‘tkazilib, Musiqa ta’limi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Ahmadova Madinabonu Ikromjon qizi akademiya rahbari etib saylandi.

“Yosh qizlarimizning ijtimoiy hayotda faol bo‘lishi, o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun bunday platformalar katta imkoniyat yaratadi. ‘Qizlarjon’ — nafaqat klub, balki o‘z ustida ishlash, ijtimoiy o‘sish, zamonaviy liderlik maktabidir,” — deydi yangi saylangan klub raisi Durdona Mo‘ydinova.

Farg‘ona davlat universitetida talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. “Qizlarjon” klubi aynan shu maqsadga xizmat qiluvchi muhim ijtimoiy maydon bo‘lib, qizlarni nafaqat dars jarayonlarida, balki jamiyatda o‘z o‘rnini topishga undaydi.

FarDUda qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar ularning hayotdagi katta orzu va marralarga yetishishiga xizmat qilmoqda. “Qizlarjon” kabi tashabbuslar esa bu yo‘lda mustahkam poydevor bo‘libmoqda.