Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”

16:12, 25.09.2025      

Joriy yilning sentabr oyida “Besh muhim tashabbus” doirasida Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari o‘rtasida voleybol va yengil atletika sport turlari bo‘yicha guruh bosqichi musobaqalari yuqori ruhda o‘tkazildi.

Musobaqalarning asosiy maqsadi – yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, jamoaviylik va raqobatbardoshlik kabi ijobiy fazilatlarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Voleybol musobaqalarida fakultetning barcha kurs va guruhlaridan tashkil topgan jamoalar o‘zaro kuch sinashdi. Har bir jamoa yuksak tayyorgarlik, o‘zaro muvofiqlik va g‘alabaga bo‘lgan intilish bilan ajralib turdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda sportchilar texnik va taktika jihatdan o‘z salohiyatlarini to‘liq namoyon etishdi. Tomoshabinlar esa har bir ochkoga zo‘r qiziqish va olqishlar bilan javob berib, musobaqaning yanada ko‘tarinki ruhda o‘tishiga zamin yaratishdi.

Yengil atletika bahslarida talabalar 100 metrga yugurish, uzoqlikka sakrash, estafeta va boshqa yo‘nalishlarda bellashishdi. Ayniqsa, yakka tartibdagi musobaqalarda talabalar o‘z jismoniy tayyorgarlik darajasi, chidamliligi va iroda kuchini sinovdan o‘tkazishdi. Musobaqalar davomida ko‘plab yosh sportchilar yangi yutuqlarga erishib, fakultet sport hayotida o‘z nomlarini munosib tarzda muhrlashdi.

“Besh muhim tashabbus” — bu faqatgina sport tadbirlari emas, balki yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirishga qaratilgan muhim ijtimoiy harakatdir. Mazkur olimpiada doirasida o‘tkazilayotgan sport musobaqalari nafaqat salomatlikni mustahkamlashga, balki talabalarning o‘zaro do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, sog‘lom raqobat muhitini yaratishga ham xizmat qilmoqda.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar hamda sportchilarga diplom, sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.