Ilm va ijodiy salohiyat – kelajak poydevori. Har bir iste’dodli yosh — millat g‘ururi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qarori ijrosi doirasida Farg‘ona davlat universiteti va Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikda ona tili va adabiyot faniga bag‘ishlangan muhim tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirlar doirasida: “Universitet olimpiadasi” – bilimga asoslangan fan sinovi,
“Erkin Vohidov ijodi bilimdoni” – adabiy-estetik yo‘nalishdagi ijodiy ko‘rik-tanlov tashkil etildi.
Mazkur tanlovlar yosh avlodni ona tili va adabiyot faniga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va universitet bilan maktablar o‘rtasidagi uzviy aloqani mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Tanlovlarda o‘quvchilar o‘z bilim va iste’dodlarini sinovdan o‘tkazishdi, adabiy tahlil, poetik savodxonlik va ijodkorlik bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.
Olimpiada natijalari:
Gulyora Hoshimjonova – 11-“A” sinf
Rayhona Nurmuhammadova – 11-“B” sinf
Rahimaxon Nosiraliyeva – 10-“A” sinf
Ijodiy ko‘rik-tanlov natijalari:
Ziynatxon Sultonova – 9-“A” sinf
Gulizebo Muxtorova – 9-“A” sinf
Nargiza Qodiraliyeva – 9-“B” sinf
Tanlov yakunida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Farg‘ona davlat universiteti ma’muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirilishi belgilangan.
Bu tashabbus iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish, ularni katta maqsadlar sari yo‘naltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mazkur tadbir – ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-amaliy aloqalarning samarador namunasi sifatida e’tirof etiladi. Farg‘ona davlat universiteti bundan keyin ham ijod maktablari bilan uzviy hamkorlikda turli fan va ijodiy yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan.