O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi F–43-son Farmoyishi asosida, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at hamda hunarmandchilik yo‘nalishlarida tahsil olishlari maqsadida 30 ta davlat granti ajratildi.
✅ Ajratilgan grant o‘rinlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti va tanlov o‘tkazish tartibi Davlat komissiyasi majlisining bayoni bilan tasdiqlangan.
?️ Ariza topshirish muddati:
2025-yil 10-oktabr kuniga qadar
? Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan vatandoshlar quyidagi ma’lumotda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar bilan batafsil tanishishlari mumkin:
“Vatandoshlar uchun” davlat grantlariga o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
a)shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida nomzodning o‘zi yoki ota-onasi yoxud yaqin qarindoshi;
etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
b) xorijiy fuqaro sifatida Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;
v) 30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;
g) o‘zbek tilini bilishi lozim.
Vatandoshlar uchun taqdim etiladigan davlat grantlariga talabgorlardan tegishli oliy ta’lim muassasalar tomonidan 2025-yil 10-oktabr kuniga qadar arizalar qabul qilinadi.
Maxsus tanlovlar talabgorlar tomonidan tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish fanlaridan o‘tkaziladi. Bunda fanlar majmuasiga ko‘ra:
a) kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tanlangan oliy ta’lim tashkiloti tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi;
b) natijalari oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan talabgorlar uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi;
c) kirish imtihonlari test shaklidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.
Maxsus tanlovlar natijalariga ko‘ra ballar ketma-ketligi bo‘yicha eng yuqori natija qayd etgan talabgorlar tanlov yo‘nalishlari kesimidagi o‘rinlarga muvofiq davlat granti sovrindori hisoblanadi.