Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETDA USTOZLAR SHA’NIGA – E’TIROF VA EHTIROM!

13:00, 27.09.2025      

Farg‘ona davlat universiteti Kengashining navbatdagi – ikkinchi sonli yig‘ilishi tantanavor ruhda o‘tkazildi. Tadbir avvalida Kengash raisi, universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov barchani yurtimizda keng nishonlanayotgan "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Ushbu muhim yig‘ilish ilm-fan, ta’lim va pedagogika sohalarida erishilgan yutuqlarni e’tirof etishga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi bilan boshlandi.

Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga loyiq topilgan olimlar, shuningdek, ta’lim va ilmiy faoliyatda alohida muvaffaqiyatlarga erishgan boshqa ko‘plab professor-o‘qituvchilar ham fahriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Yig‘ilish doirasida nafaqat taqdirlash, balki oliygoh hayotining strategik yo‘nalishlari ham muhokama etildi. Jumladan:

Ta’lim jarayonining sifatini oshirish,

Ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish,

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish,

Yo‘riqnoma va me’yoriy hujjatlarning ijrosini ta’minlash,

O‘quv-uslubiy jarayonlarni zamonaviy talablar asosida takomillashtirish kabi masalalar muhokama markazida bo‘ldi.

Bu yig‘ilish Farg‘ona davlat universiteti jamoasi uchun ilmiy va amaliy muvaffaqiyatlarning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi. Unda ilgari surilgan g‘oyalar, bildirilgan taklif va tashabbuslar ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi shubhasiz.