Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FarDU U-19 YOSHLAR JAMOASIGA MAXSUS EPIKIROVKA TO‘PLAMLARI TOPSHIRILDI

12:10, 29.09.2025      


Farg‘ona davlat universiteti sport hayotida muhim va tarixiy voqealardan biri ro‘y berdi. Bugun “FarDU” futbol klubining U-19 yoshlar jamoasiga mashg‘ulot, o‘yin va rasmiy marosimlar uchun mo‘ljallangan zamonaviy va maxsus epikirovka liboslari tantanali tarzda topshirildi.

Bu liboslar nafaqat jamoa a’zolarining yagona sport brendi ostida faoliyat yuritishini ta’minlaydi, balki yosh futbolchilarning professional ruhda shakllanishiga ham xizmat qiladi.

Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi “FarDU” futbol klubi joriy mavsumdan boshlab O‘zbekiston Pro-ligasida ishtirok etmoqda. Superliga va Pro-liga klublarini litsenziyalash talablari asosida, klub tarkibida 2025-yildan boshlab U-19 yoshlar jamoasi ham shakllantirildi. Quvonarlisi, ushbu jamoa qisqa vaqt ichida shakllanishiga qaramay, OKMK, “Bunyodkor”, “Navbahor” kabi mamlakatimizning nufuzli futbol akademiyalariga qarshi o‘yinlarda ishonchli g‘alabalarga erishib, salohiyatini amalda isbotlab qo‘ydi.

Mazkur jamoa tarkibining asosiy qismini universitetda tahsil olayotgan iqtidorli, sportga mehr qo‘ygan, akademik bilim bilan birga jismoniy tayyorgarlikda ham yetuk yoshlar tashkil etadi.

“FarDU” futbol klubi infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash borasida qator muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, investitsiyalar va homiylik mablag‘lari asosida U-19 yoshlar jamoasi uchun taqdim etilgan ushbu epikirovka to‘plamlari — jamoaning professional darajaga intilayotganidan darak beradi.

Liboslar mashg‘ulot, rasmiy o‘yinlar hamda marosimlar uchun alohida ko‘rinishda ishlab chiqilgan bo‘lib, ular yuqori sifatli materiallardan tayyorlangan va zamonaviy dizaynga ega.

U-19 jamoasiga yaratilayotgan imkoniyatlar – bu klubning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasining muhim bo‘lagi hisoblanadi. Yaqin kelajakda yosh futbolchilarni xalqaro musobaqalarda ham ko‘rish, ular orasidan milliy terma jamoalar darajasiga yetadigan iste’dodlarni tarbiyalash maqsad qilingan.

“Bu liboslar bizning jamoaviy ruhimizni mustahkamlabgina qolmay, har bir futbolchida o‘ziga bo‘lgan ishonchni kuchaytiradi. Universitetimiz rahbariyatiga va homiylarimizga bildiradigan minnatdorchiligimiz cheksiz”, — deydi jamoa sardori.

Farg‘ona davlat universitetining sportdagi faoliyati, xususan, futbol klubi orqali yoshlar bilan ishlash modeli — yurtimiz oliy ta’lim muassasalari uchun namuna bo‘la oladi. “FarDU” futbol klubi nafaqat sportda, balki tarbiyaviy va ijtimoiy yo‘nalishda ham yetakchi bo‘lish sari dadil odimlamoqda.