Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“USTOZ – MILLAT TARBIYACHISI”

15:50, 29.09.2025      

Bugun bizning asosiy vazifamiz — yurtboshimiz bildirgan ishonchni oqlash, yosh avlodga munosib ta’lim-tarbiya berish, va eng muhimi, ustoz nomiga munosib bo‘lishdir.

Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tinglovchilari ishtirokida bo’lib o’tgan tadbirning mazmuni ham shu haqda bo’ldi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 15-sentabr kuni “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan so‘zlagan nutqi hamda Farg‘ona davlat universitetining 2-sonli kengash yig‘ilishida belgilangan topshiriq asosida, markaz tinglovchilari Prezidentimiz nutqining asosiy yo‘nalishlari, unda ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslari birma-bir ko‘rib chiqildi. Xususan, Ustoz sha’niga yuksak ehtirom: Prezident nutqida ustozlik kasbi eng sharafli, eng muqaddas kasb sifatida ta’riflandi. “Agar jamiyatimizda chinakam ma’naviyat bo‘lishini istasak, bu yo‘ldagi birinchi qadam – ustozni e’zozlashdir”, degan so‘zlar tinglovchilar tomonidan alohida e’tibor bilan muhokama qilindi.

Yangi davr o‘qituvchisi: Nutqda ilgari surilgan “Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, shaxsiy namuna bo‘la oladigan pedagog” talabi tinglovchilarni o‘z ustida ishlashga, malakani uzluksiz oshirishga undadi.

Ta’lim sifati va natijadorlik: Prezidentimiz ta’limda natijadorlik tamoyilini chuqurlashtirish zarurligini ta’kidlab, pedagoglarning roli beqiyos ekanini yana bir bor uqtirdi. Bu fikrlar asosida tinglovchilar o‘z kasbiy strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga ilhom oldilar.

Yig‘ilish yakunida belgilangan topshiriqlar doirasida markaz tinglovchilari o‘z joylarida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni rejalashtirdilar:

Ta’lim sifatini oshirishda innovatsion yondashuvlarni joriy etish;

O‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish orqali tarbiya samaradorligini oshirish;

Prezident nutqidan kelib chiqqan holda, ustozlik sha’nini yanada yuksaltirishga xizmat qiluvchi targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish.

Prezidentimizning 2025-yilgi “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”dagi nutqi nafaqat ustozlar uchun ruhiy ko‘tarinkilik, balki amaliy dastur bo‘ldi. Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi malaka oshirish markazi tinglovchilari ushbu tarixiy nutqni chuqur tahlil qilish orqali o‘z faoliyatiga yangi ma’naviy va kasbiy turtki oldilar.