Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 459
  • Ko`rib chiqilganlar 426
    • Takliflar 59
    • Arizalar 357
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

O‘ZBEKISTON – BELORUS IKKINCHI TA’LIM FORUMI: FARG’ONADA INNOVATSION HAMKORLIK SARI QADAM

09:19, 30.09.2025      

Ma’lumki, 2025-yil 7–8-oktyabr kunlari Farg‘ona davlat universitetida yirik xalqaro ilmiy-amaliy anjuman – “Innovatsion hamkorlik: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim masalalari bo‘yicha O‘zbekiston – Belarus forumi va kasbiy ta’lim” mavzusidagi forum bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Mazkur forum ikki davlat o‘rtasidagi strategik ta’lim hamkorligining amaliy ifodasi bo‘lib, oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida ilg‘or tajribalarni o‘rganish, tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish va kasbiy tayyorgarlik tizimini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Forum dasturi doirasida quyidagi tadbirlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan:

Ikki tomonlama uchrashuvlar – O‘zbekiston va Belarus oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘rtasida amaliy muzokaralar;

Hamkorlik shartnomalarini imzolash marosimi – o‘zaro manfaatli loyihalarni huquqiy jihatdan mustahkamlash;

Yalpi majlislar – ta’lim sohasidagi global tendensiyalar, raqamli transformatsiya va innovatsion yondashuvlar muhokamasi;

Madaniy dasturlar – ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlovchi tadbirlar;

Marg‘ilon va Rishtonga sayohatlar – mehmonlarga O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishtirish maqsadida.

Bugungi kunda forumga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tuzilgan ishchi guruh tomonidan tashkiliy masalalar muhokama qilinib, aniq yo‘l xaritalari ishlab chiqilmoqda. Bu ishlar forumning samarali va yuqori saviyada o‘tishini ta’minlashga qaratilgan.

Ushbu forum nafaqat O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ta’lim aloqalarini mustahkamlash, balki ikki davlat yoshlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv, madaniy yaqinlik va professional integratsiyani kuchaytirishga ham xizmat qiladi. Shu orqali innovatsion g‘oyalar, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va raqamli transformatsiya jarayonlari uchun mustahkam zamin yaratiladi.

O‘zbekiston – Belarus Ikkinchi Ta’lim Forumi zamonaviy ta’limning dolzarb muammolariga javob izlash, hamkorlikda yechimlar topish va global ilmiy makonda o‘z o‘rnini mustahkamlash yo‘lidagi muhim platformaga aylanmoqda.